Anonim#2ADWTV
Oila405
Devor juda yupqa, kechqurun ota-onam xonada pul haqida baqirishsa hammasi eshitiladi. Men o'n oltidaman, o'ninchi sinfda o'qiyman. Dadam ish topolmayapti, onam esa har kuni bir narsani eslatadi. Kecha dadam eshikni yopib chiqib ketdi, qayerga ketganini bilmayman, ikki soatdan keyin qaytdi. Onam esa hech narsa bo'lmagandek idish yuvdi. Men naushnik taqib yotaman, lekin baribir eshitaman. Ertalab ikkalasi ham choy ichishadi, sen nonushta qildingmi deb so'rashadi. Maktabda hech kimga aytmayman, hamma o'z gapi bilan band. Ba'zan o'ylayman, ajrashib ketishsa yaxshi bo'larmidi, keyin yo'q, bunday bo'lmasin deyman. Singlim kichkina, u hali hech narsa tushunmaydi, men uning qulog'ini yopib qo'yaman. Bugun imtihon bor, hech narsa yodimga kirmadi.