Anonim#GGM932
Pul419
Go'sht kilosi 110 ming bo'ldi, kim qanday yeb yuribdi? Bolalar go'sht so'rasa ertaga deyman. O'sha ertaga bir haftaga cho'ziladi. Plov qilmaganimga ancha bo'ldi. Oldin yakshanba plov kuni edi bizda, hamma yig'ilardi. Hozir sabzi ham qimmat, guruch ham. Kecha suyak olib sho'rva qildim, bolalar yedi, hech narsa demadi. Shu yurakka ko'proq tegdi.