Аноним#EA4SCY
Учёба112
bu yil ham o‘ta olmadim. ikkinchi marta. o‘tgan yil 12 ball yetmagandi bu yil 5 ball. do‘stlqrim hizir 2-kursda ular bilan gaplashishga uyalaman, nima desam bilmayman mahallada har kuni kimdir so‘raydi qayerda o‘qiyapsan? men javob o‘rniga jilmayib o‘tib ketqman. dadam hech narsa demaydi aytgani ma‘qul edi balki, lekin jim yuradi, shu yomonroq. opam birinchi urinishdayoq grantga kirgan, uni hamma misol qilib ko‘rsatadi men hosir akamning do‘konida yordam beryapman kechqurun test yechaman. yana urinaymi yoki ishga kirib ketaymi bilmayman. kecha tunda oyim eshik oldida uzoq turdi nimadir demoqchi bo‘ldi shekilli keyin indamay ketdi. men uxlamagandek qildim. ertasiga akam hech kim senga o‘qima demayapti-ku dedi. u ham yaxshi niyatda aytdi, bilaan...