Anonim#RU9J76
O'zim haqimda191
Kecha sinfdoshlarimning storilarini ko`rdim. Biri xorijda o`qiyapti, biri o`z biznesini ochibdi biri to`y qilibdi. Men esa hali o`sha ishda, o`sha maoshda, onamning uyida yashayman. Yigirma to`qqiz yosh, shu yoshgacha nima qildim. Bilaaman Instagram hammasini ko`rsatmaydi, lekin baribir ichim ezilib ketadi. Telefonni uloqtirib yuborgim keladi, keyin yana ochaman. Ularning statuslariga qarab o`tiraman sotalab. Birinchi marta ishga kirganimda besh yilda hamasi o`zgaradi deb o`ylagan edim. Do`stlarim bilan uchrashsam ham ularga to`g`risini aytmayman, hammasi yaxshi deyman. Nega yolg`on gapiraman bilmayman. Kecha uyga kelsam onam ovqat qo`ygan ekan, men hech narsa demasdsn yedim va yotdim. Onam esa hech narsa demaydi, faqat ba`zan jim qarab turadi men buni ko`proq o`ylayman.