Anonim#R7JERV
Oila59
keelni bo'lib tushganimga 40 kun bo'ldi hali ham qaysi piyola kimniki qaysi eshik qachon ochiladi bilmayman. hech kim tushuntirmaydi lekin hato qilsam hammasi bilib turadi bugun choyin noto'g'ri quyibman shekilli, qaynonam singlisiga ko'rdingmi kelin nimani biladi dedi. Erimin sevaman lekin kunduzi u yo'q kechqurun charchagan. Onamga qo'ng'iroq qilsam sabr qil hama shunday deydi menimcha hamma shunday deydi chunki bosshqa gap yo'q singlim qo'ng'iroq qilganda hammasi yaahshi deyman ovozim ham normalno chiqadi bilmaydi. hali birinchi oy uch oydan keyin o'rganasan deyishadi ba'zan hammomga kirib bir oz o'tirib chiqaman kimdir meni qidirmasa deb kceha tuhimda o'z uyimizning hovlisini ko'rdim uyg'onib ketdm va kuchli yig'ladim. erim eshiitmadi